Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«ILMLI AYOL-JAMIYAT KO‘ZGUSI» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

21:12 24.10.2023

Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi. Darhaqiqat, ayol, ona qanchalik ilmli, ziyoli bo‘lsa uning ortidan ergashayotgan farzandlari, nabiralari va butun jamiyat ilm yo‘lidan ketadi.

Ana shunday olima ayollarimizni talaba-yoshlarga yaqindan tanitish, ular ishtirokida savol-javoblar o‘tkazish maqsadida bugun 24-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Davolash fakulteti tashabbusi bilan «Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda institutning faxriy ustozlaridan biri Ibragimova Saltanat Ro‘ziyevnaning faoliyati, erishgan yutuqlari, yosh mutaxassislar, talaba-qizlar uchun maslahatlari tinglandi.

Ustoz hozirga qadar bosib o‘tgan mashaqqatli va sharafli kasbiy faoliyati, erishgan yutuqlari, ayniqsa, har bir ustoz, murabbiy uchun eng a’losi bo‘lgan shogirdlar kamoli, ularning muvaffaqiyatlari hamda unga qadar bo‘lgan mehnat haqida aytib o‘tdi. Tadbir davomida ustozning hayoti va kasbiy faoliyati aks etgan videorolik yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

 

Davra suhbati davomida S.Ibragimovaning shogirdlari va yaqinlari ishtirok etib, ustozning har qadamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi, ularning ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lishida katta turtki hamda maslakdosh bo‘lganligini alohida e’tirof etdilar.

Talaba-qizlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kun qahramonidan batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida institut rahbariyati tomonidan S.Ibrogimovaga tashakkurnoma topshirildi. Shogirdlar ehtirom ramzi sifatida ustozga gullar taqdim etdilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!