Ingliz va rus tillarida talabalar ilmiy-amaliy anjumani

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasida «Zamonaviy klinik farmakologiyaning dolzarb muammolari» mavzusida ingliz va rus tillarida  talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasida mudiri T.Abdunazarov va kafedra xodimlari, pediatriya fakulteti dekan muovini K.A.Baydullaevlar ishtirok etishdi.

Anjumanni farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasida mudiri T.Abdunazarov ochib berdi. Anjuman yuqori saviyada tashkillashtirilib, iqtidorli talabalar zamonaviy mavzularda o‘z prezentatsiyalari bilan faol qatnashib mahoratlarini namoyish etdilar.

Anjuman ishtirokchilari hamda sovrindorlar, Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari tomonidan tayyorlangan sertifikatlar bilan takdirlanishdi.

Zafarbek Qosimov,

kafedra assistenti

286