Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Insonga eʼtibor, sifatli taʼlim yili” Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasiga munosabat

16:57 20.12.2022

Insoniyat mavjudki qaysi davrlarda yashamasin, doim yaxshi, farovon , tinch-osuda hayotni orzu qilib kelgan. Yaxshi hayotni amalga oshirish uchun har bir xalqning, millatning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari, rejalari boʻlgan. Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar aynan inson qadrini ulugʻlash tamoyili asosida olib borilmoqda. Prezident Sh.M.Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrdagi murojatnomasida 2022-yil sarhisoblariga va 2023-yilda mamlakat taraqqiyotining eng muhim ustivor vazifalariga toʻxtalib oʻtdi.

2023-yilni “Insonga eʼtibor, sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilishni taklif etildi. Bu albatta bejiz emas. Chunki bilim bor joyda, rivojlanish, taraqqiyot, oʻzgarish roʻy beradi. Shuningdek Sh.Mirziyoyev taʼlim sifatini oshirish- Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻli ekanligini taʼkidlab oʻtdi.”Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʻqituvchi va murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz koʻtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol boʻlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini soʻrayman”- dedi davlat rahbari.

Ushbu murojatnomadan kelib chiqib biz oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilariga sifatli taʼlimni tashkil qilishda muhim vazifalarni belgilab berdi. Sifatli taʼlim, oʻz oʻrnida sifatli kadrlarni mamlakatga yetkazib beradi. Shu jihatdan oliy taʼlim muassasalari professor -oʻqituvchilari taʼlim sifatini yanada oshirishga eʼtibor berishi, malaka oshirishi, oʻz ustida ishlashi, ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishini taqozo qiladi. Taʼlim sifatini yaxshilashda nafaqat pedagog xodimlar mehnati, balki talabalarni ilmga boʻlgan ishtiyoqini oshirish ham juda muhimdir.

Shuningdek, 2022-2023-oʻquv yilida Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon viloyatidagi bir nechta umumtaʼlim maktablari biriktirilgan boʻlib, ular bilan hamkorlik olib borilib, institutning yetuk professor ustozlari tomonidan ushbu maktablarda dars mashgʻulotlari tashkil etilib, oʻquvchilarning bilim saviyasini yanada oshirishga yordam berishmoqda.

Prezidentimiz birinchi navbatda, eʼtibor Yangi Oʻzbekiston uchun eng katta investitsiya boʻlgan taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratishni taʼkidlar ekan, bunda oʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etdi.

Sh. Mirziyoyev oliy taʼlim tizimidagi korrupsiyani ham keskin tanqid qildi.”Mana oliy taʼlimga kirishdagi korrupsiya yoʻq boʻldi. Lekin oliy taʼlim muassasalari ichidagi korrupsiya hali ham saqlanib qolmoqda.” Demak, taʼlimdagi korrupsiyani yoʻq qilish, taʼlim sifatini yaxshilashga olib keladi.

Va albatta tibbiyot tizimida ushbu 2023-yilda muhim oʻzgarishlar kutilmoqda.

 

Madamin Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori

Skip to content Click to listen highlighted text!