Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT DELEGATSIYASI FRANKLIN UNIVERSITETINING TA’LIM JARAYONIDAGI O‘ZIGA XOS METODLARI BILAN TANISHDI

20:38 19.08.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi institut delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga bo‘lgan xizmat safari davom etmoqda.

Safarning navbatdagi kunida rektor boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Franklin universitetiga tashrifi doirasida universitet o‘quv dasturlari va o‘qitish metodikalari bo‘yicha mutaxassislar bilan uchrashuv o‘rkazildi.

Uchrashuvda universitetda foydalanilayotgan pedagogik texnologiyalar, masofaviy ta’lim berishda va imtihon olishda qo‘llanilayotgan innovatsiyalar bilan tanishildi. Multimedia xonalarning ish jarayoni o‘rganildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!