Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT DELEGATSIYASI KLIVLEND KLINIKASI BILAN YAQINDAN TANISHMOQDA

16:16 14.08.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya hozirgi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Ogayo shtatining Klivlend shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 14-avgust kuni delegatsiya a’zolari Klivlend klinikasi (Cleveland Clinic)ga rasmiy tashrif buyurdi.


Kunning birinchi yarimida Klivlend shifoxonasining strategik rivojlanish va loyihalashtirish bo‘limining boshlig‘i institutimiz jamoasini shifoxonaning tarixi va binolari bilan tanishtirdi.  U Klivlend klinikasining to‘rt asoschisi, klinikaning shahardagi tarmoqlari tuzilishi va dunyodagi tarmoqlari, klinikaning rivojlanish rejalari haqida batafsil so’zlab berdi.

Safar davomida Klivlend rasmiy vakillari bilan uchrashuvlar va klinikaning mashhur bo‘lgan biolaboratoriya va boshqa bo‘limlariga tashriflar rejalashtirilgan.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!