INSTITUT DELEGATSIYASINING GERMANIYA DAVLATIGA BO‘LGAN SAFARI DOIRASIDA HAMKORLIK KELISHUVLARIGA ERISHILMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT DELEGATSIYASINING GERMANIYA DAVLATIGA BO‘LGAN SAFARI DOIRASIDA HAMKORLIK KELISHUVLARIGA ERISHILMOQDA

23:48 31.05.2024

Bugun, 31-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi xodimi Sherzod Xasanov hamrohligida Berlin shahridagi Xelios klinikasiga tashrif buyurdi.

Ular ushbu klinikaning Pulmonologiya bo‘limi boshlig‘i, professor Torsten Bauer bilan uchrashib, bo‘lim hamda klinika faoliyati, klinikada qo‘llanilayotgan yuqori texnologik, innovatsion diagnostika va davolash usullari, shuningdek diagnostikada sun’iy intellektning qo‘llanilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif yakunida Xelios klinikasi va Andijon davlat tibbiyot instituti o‘rtasida mutaxassislarning Klinik onkologiya va radiologiya bo‘yicha malaka oshirish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish yo‘nalishida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shuningdek, bugun ADTI delegatsiyasi va Berlin universiteti Tibbiyot fakultetining ichki kasalliklar, pulmonologiya va somnologiya kafedrasi mudiri, professor Ingo Fitse o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Unda ilmiy va akademik sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun masofaviy ma’ruzalar o‘tkazish, akademik va talabalar almashinuvi mavzulari ko‘rib chiqildi. Klinik tadqiqotlar, malaka oshirish, murakkab operatsiyalarni o‘tkazish, o‘pka va prostata bezi onkologiyasining zamonaviy diagnostikasi va maqsadli davolash usullarini joriy etish uchun ADTI klinik bazasiga germaniyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!