INSTITUT DOTSENTI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT DOTSENTI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA

21:49 22.09.2023

Ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot instituti Simulyatsion o‘quv markazi rahbari, jarrohlik kasalliklari kafedrasi dotsenti, t.f.n. Umidjon Usmonov rasmiy taklifga asosan Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Rossiyaning tibbiyotda simulyatsion taʼlim jamiyati”ning XII syezdi va “Tibbiyotda simulyatsion taʼlim: tajriba, rivojlanish, innovatsiyalar. ROSOMED – 2023” xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 21-sentabr kuni dotsent U.Usmonov M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida bo‘lib o‘tgan konferensiya oldi uchrashuv va uning doirasida o‘tkazilgan master-klasslarda ishtirok etdi.

Bugun, esa konferensiyaning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassisimiz “Andijon davlat tibbiyot institutida simulyatsion o‘qitish texnologiyalarini tashkil etish va joriy qilish bosqichlari: kecha, bugun, ertaga” mavzusida ma’ruza qildi.

Shu bilan birga “Rossiyaning tibbiyotda simulyatsion taʼlim jamiyati”ning XII syezdining yakunida U.Usmonov YevroMedSim instituti direktori, ROSOMED ekspertlar kengashi raisi Gorshkov Maksim Dmitriyevichga “Andijon davlat tibbiyot instituti faxriy professori diplomi”ni institut nomidan rasman taqdim etdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!