Bugun, 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Joriy yilda Z.M.Bobur tavalludiga 543 yil to‘ldi.
Sana munosabati bilan Andijon viloyatidagi Bobur bog‘ida sayl o‘tkazildi. Tantanali tadbir kuy-qo‘shiqlar va Z.M.Bobur hayoti tasvirlangan sahna ko‘rinishlari bilan boshlandi.


Tadbirda xalqaro va respublikamizning turli hududlaridan kelgan Boburshunos olimlar, tashkilot, muassasalar vakillari, talaba va o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.



Tadbirni viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barchani ushbu bayram bilan samimiy qutladi.


Mazkur tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida institut jamoasi va talabalar faol ishtirok etdi.

