Andijon davlat tibbiyot institutining 12 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalaridan iborat jamoa Janubiy Koreyaning Deagu Haany universiteti klinikalari va laboratoriyalarida yozgi amaliyot o‘tash va malaka oshirish uchun jo’nab ketdi.
Ular 14 kun davomida mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘z bilimlarini boyitadilar.
Institutimiz jamoasiga ushbu o‘quv amaliyotlarida omad va zafarlar tilaymiz.