INSTITUT KARDIOJARROHLARI ROBOTLASHTIRILGAN JARROHLIK OPERATSIYASIDA ISHTIROK ETDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT KARDIOJARROHLARI ROBOTLASHTIRILGAN JARROHLIK OPERATSIYASIDA ISHTIROK ETDI

19:50 21.08.2024

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot institutining Kardiojarrohlardan iborat jamoasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida malaka oshirmoqda.

Institutimiz vakillari bugun, Keys Vestern universiteti kasalxonasida o‘tkazilgan qator operatsiyalarda ishtirok etdilar.

Ulardan navbatdagisi sohada mutlaqo yangilik hisoblangan robotlashtirilgan jarrohlik operatsiyasi bo‘ldi. Unda robot apparat -DAVINCI sistemasi asosida 2 nafar bemorda “Aorta koronar shuntlash” tashrixi o‘tkazildi.

Institutimiz vakillari mazkur jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!