Yaponiyaning JICA davlat tashkiloti vakili Shohei Ishikawa Andijon davlat tibbiyot institutida boʻldi. Uchrashuv chogʻida institut rektori M.Madazimov ishtirok etdi va hamkor tashkilot vakili bilan suhbat olib bordi. Suhbat davomida institut klinikasiga zamonaviy tibbiy uskunalar olib kelish va Yaponiyaning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlik oʻrnatish, tajriba almashish borasida kelishib olindi.