alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT MUTAXASSISLARI XORIJDA MALAKA OSHIRMOQDALAR

08:54 12.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son «Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohatlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Farmoni asosida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi, shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Andijon davlat tibbiyot instituti va klinikasi maʼmuriyati ko‘magida bir guruh tibbiyot xodimlari, yaʼni ADTI Umumiy jarrohlik va transplantologiya kafedrasi dotsenti tf.n. Baxtiyor Matkarimov va ADTI klinikasi 2-xirurgiya bo‘limi vrach-xirurgi Jahongir Azizovlar Belarus Respublikasi Minsk xirurgiya, transplantologiya va gematologiya ilmiy amaliy markazida o‘zaro imzolangan memorandum asosida hozirgi kunda o‘z malakalarini oshirmoqdalar.

Mutaxassislarimiz ushbu markaz direktori Belarus milliy fanlar akademiyasi akademigi, t.f.d., professor Oleg Olegovich Rummo, tibbiyot ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., professor Oleg Valentinovich Kalachik. Shuningdek, o‘qitish markazi rahbari Nina Fyodorovna Rusakova, Transplantatsiya bo‘limi mudiri t.f.n., dotsent Ivan Pavlovich Shturich, Nefrologiya, buyrak transplantologiyasi bo‘limi rahbari t.f.n., dotsent Kirill Sergeyevich Komissarovlar tomonidan iliq kutib olindi.

Markaz direktori O.Rummoga Andijon davlat tibbiyot instituti rektori t.f.d.,  professor M.Madazimovning salomi yetkazildi va shu o‘rinda markaz direktori tomonidan kelajakda institutlar o‘rtasidagi o‘zaro ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish maqsadida institutimiz rektorini ushbu markazga taklif etdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!