Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarori bilan rekonstruksiya qilinishi belgilangan.
Ushbu maqsadlar uchun 350 milliard so‘m mablag‘ga loyiha-smeta qilingan bo‘lib, 2021-2023-yillarda 119 milliard so‘mlik (36%) qurilish rekonstruksiya ishlari olib borilgan. 2024-yilga 74 milliard so‘m ajratilib, yil yakuni bo‘yicha to‘liq moliyalashtirildi.
Bugungi kunda qurilish va rekonstruksiya ishlariga jami 84 nafar ishchilar jalb etilgan. Hozirda qurilish ishlari ayni avjida.
Bugun, 3-yanvar kuni institut rektori M.Madazimov institut va uning klinikasi, quruvchi hamda OKS xodimlari bilan uchrashib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida klinikada bajarilgan ishlar va kelgusi 2 oy ichida amalga oshirishi lozim bo‘lgan qurilish rekonstruksiya ishlari bo‘yicha yana bir bor kelishib olindi.
Shuningdek, klinikada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan holda institut rektori kerakli tavsiyalarni berdi.