Bugun, 25-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Milliy universiteti (National University) jamoat salomatligi fakulteti mutaxassislari, professorlar Gina Marie Piane hamda Negin Iranfar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar qilish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutining klinik kafedralarida AQSH Milliy universiteti talabalari uchun yozgi amaliyot tashkil etish taklifi muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar akademik va ilmiy sohada hamkorlik qilish yuzasidan kelishib oldi.
Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.