Ayni kunlarda Andijon viloyatining barcha hududlarida Salomatlik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Aksiya doirasida tuman, shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, Oilaviy shifokorlik punktlari, Oilaviy poliklinikalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lgan aholiga malakali tibbiy xizmat tashkil etilmoqda.
Mazkur aksiyada Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda. Bugun, 20-iyun kuni institut rektori M.Madazimov Andijon tumanida o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Tumandagi “Qo‘nji” oilaviy shifokorlik punktida respublika, viloyat va institutning tajribali tibbiyot mutaxassislaridan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan UTT, EKG, Rentgen tibbiyot uskunalari yordamida aholi vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Institut rektori ko‘rik jarayonlari bilan tanishish barobarida, shifokorlar va bemorlar bilan suhbatlashib, ularni qiynagan muammolarni hal etish yuzasidan kerakli tavsiyalarni berdi.