
Bugun, 11-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov bitiruvchi bosqich talabalari bilan onlayn muloqot olib bordi. Unda fakultet dekanlari va 300 nafardan ziyod bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Ma’lumki, joriy yilning 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig’ilishida berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo’yicha Andijon viloyati hokimi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar rejasining 7-bandiga asosan Andijondagi OTM va “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Mazkur shartnomaga muvofiq hozirda Andijon davlat tibbiyot instituti Karyera markazida “O‘zmilliybank” AJning yordamchi mutaxassisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalar bilan yakka tartibda uchrashuvlar olib bormoqda.
Boʻlib oʻtgan muloqot davomida hamkorlik shartnomasi, unga muvofiq hozirda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kelajakda xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasbiy ta’lim dasturlarida ishtirok etish hamda chet el oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish istagida bo‘lgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish, ularga xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi taklif va mulohazalarni amalga oshirishga yo‘naltirishga koʻmaklashish ham alohida taʼkidlab oʻtildi.
Muloqot soʻnggida talabalar ham mavzu borasida fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Oʻz oʻrnida tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan talabalar ham loyihalari haqida maʼlumot berdilar. Bu talabalarni qoʻllab-quvvatlash borasida esa rektor masʼullarga kerakli topshiriqlarni berdi.