alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI IJARADA YASHOVCHI TALABALAR HOLIDAN XABAR OLDI

18:12 30.01.2024

Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari hamisha e’tiborda. Ularning yashash sharoitlari va bo‘sh vaqtlarini foydali tarzda o‘tkazishlari mas’ullar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

Bugun, 30-yanvar kuni institut rektori M.Madazimov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtish bo‘limi xodimlari tomonidan ijara xonadonlari o‘rganildi. Unda xonadon egalari bilan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, issiqlik tizimi haqida suhbatlashildi.

Talaba-qizlar bilan bo‘lgan suhbat jarayonida ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Talabalarga bo‘sh vaqtlarini bekor o‘tkazmasliklari kerakligi, ularning bugungi oladigan bilimlari kelajakda ko’plab insonlarni davolashda va ularni quvontirishda muhim ekanligi ta’kidlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!