INSTITUT REKTORI ISSIQLIK TIZIMI VA KUTUBXONA FAOLIYATINI KO‘ZDAN KECHIRDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI ISSIQLIK TIZIMI VA KUTUBXONA FAOLIYATINI KO‘ZDAN KECHIRDI

11:11 02.10.2025

Kuz-qish mavsumida talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga qulay sharoit yaratish, binolardagi issiqlikni ta’minlash ishlari tizimli amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun, 2-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Talabalar turar joylari va 2-o‘quv binoda bo‘lib, issiqlik manbai faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Hozirda binolarning qozonxonalari amaliy sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, sinov davomida nosozliklar kuzatilmagan. Isitish qozonxonasi mavsumga shay holatga keltirilgan. Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbatlar davomida institut rektori issiqlik quvurlari va gaz plitalari sozligini doimo nazorat qilib turish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, ko‘mir zaxirasini to‘ldirish zarurligini ta’kidlab, ularga kerakli vazifa va topshiriqlarni berdi.

Shuningdek, institut rektori Axborot-resurs markazida ham bo‘lib, o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan tanishdi. Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbat davomida adabiyotlar fondini boyitish, ayniqsa, elektron kutubxonalardagi adabiyotlar sonini ko‘paytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarga o‘quv va ilmiy adabiyotlardan foydalanishlari uchun sharoitlarni yanada takomillashtirish masalalariga to‘xtalib, kerakli tavsiya va topshiriqlarni berdi.

Skip to content