alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHDI

18:52 25.09.2023

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 50 nafar yoshlar bilan hozirga qadar doimiy tarzda uchrashuvlar va amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, bugun 25-sentabr kuni institut rektori M.Madazimov mahalla yoshlari bilan uchrashdi. Rektor mahalladagi xonadonlarda bo‘lib yoshlar, ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Unda yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi hamda joyida hal qilindi.  

Murojaatlarga ko‘ra, D.Abduxalilov eshitish tizimi bo‘yicha nogironlikka ega va eshitish apparatiga ehtiyoji bor. Bu bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi, tuman ijtimoiy himoya bo‘limlari mutasaddilari bilan D.Abduxalilovni eshitish moslamasi bilan taʼminlashga kelishib olindi.

P.Maxamadjonov I guruh nogironlikka ega. Bu bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi, viloyat reabilitatsiya markazi va tuman ijtimoiy himoya bo‘limlari mutasaddilari bilan hamkorlikda markazga joylashtirib davolashga yo‘naltirildi.

F.Imomadiyevning onasi E.Xayitboyevani ishga joylash yuzasidan hudduddagi maktab direktori bilan o‘tgan  suhbat ijobiy hal etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!