alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHDI

19:25 26.10.2023

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yoshlar bilan hozirga qadar doimiy tarzda uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning muammolari hal etilib kelinmoqda.

Xususan, bugun, 26-oktabr kuni ham Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov mahalla yoshlari va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

 

Unda dastlab davolanish uchun yuborilgan fuqarolarning hozirgi holati, salomatligidagi o‘zgarishlar haqida suhbatlashildi. Mahalla yoshlari davolanishdagi ijobiy o‘zgarishlardan mamnunliklarini bildirib, minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Institut rektori uchrashuvda har bir yoshning dardini tingladi va murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini aytib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, yoshlarni hamisha qo‘llab-quvvatlash va doim birga bo‘lishini bildirdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!