alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI MISRLIK PROFESSOR AHMED TAUFIK ALI IBRAHIM BILAN UCHRASHDI

15:02 07.06.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida Misr Arab Respublikasidagi Zagazig universiteti oftalmologiya (ko‘z kasalliklari) yo‘nalishi professori Ahmed Taufik Ali Ibrahim tomonidan talabalarga 10 kun davomida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tdi.

 

Darslar yakunida institut rektori M.Madazimov professor Ahmed Taufik Ali Ibrahim bilan uchrashib, ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulot jarayonlari haqida suhbatlashdi.

 

Professor talabalarning faolligi, intiluvchanligini e’tirof etdi. Ularni kelajakda yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishib, tibbiyot sohasi rivojiga hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.

 

Shuningdek, Andijonning so‘lim tabiati va go‘zalliklarini zavq bilan ta’rifladi. Uchrashuv yakunida institut rektori mehmonga minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!