alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI OTA-ONALAR BILAN SUHBAT OLIB BORDI

11:51 21.10.2021

INSTITUT REKTORI OTA-ONALAR BILAN SUHBAT OLIB BORDI

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov Farmatsiya yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Unda institut rahbari ota-onalarga talabalar haqida ma’lumot, ularning darslardagi faolliklari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, darslarni qoldirayotgan talabalar, ularga qo‘llanilishi lozim bo‘lgan choralar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, har bir talaba o‘quv binosiga kirishda kiyinish odobiga rioya qilishi zarur ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘z o‘rnida ota-onalar ham o‘zlari qiziqtirgan savollariga institut rektoridan kerakli javob oldilar.

Yig‘ilish so‘nggida institut rektori ota-onalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chorladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!