alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI PEDIATRIYA FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHDI

20:54 22.12.2021

INSTITUT REKTORI PEDIATRIYA FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHDI

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Pediatriya fakultetining talabalari bilan ochiq muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida institut rahbari talabalarga darslarda faol ishtirok etish, modul-kredit tizimi, darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, institutda tashkil etilgan toʻgaraklarda hunar va xorijiy tillarni oʻrganish, salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmaslik borasida alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, instiut klinikasida qurilish va bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlar bilan davom etayotgani, talabalarning sifatli bilim olishlari uchun eng zamonaviy oʻquv xonalari va maʼruza zallari, amaliy mashgʻulot oʻtkaziladigan markazlar bunyod etilayotgani, bu kabi imkoniyatlar zamirida tibbiyot sohasida yetuk, malakali kadrlarni tayyorlash maqsad qilinganligi haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!