INSTITUT REKTORI PEDIATRIYA HAMDA FARMATSIYA FAKULTETLARI TALABALARI BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI PEDIATRIYA HAMDA FARMATSIYA FAKULTETLARI TALABALARI BILAN UCHRASHDI

15:58 01.11.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Pediatriya hamda Farmatsiya fakultetlarining 4-bosqich talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘I A.Abduhalimov, fakultet dekanlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida rektor talabalarni yaqinlashib kelayotgan “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan qutlab, yoshlarning o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, darslar davomida olgan bilimlarini doimiy tarzda mustahkamlab borishlari, bunda eng asosiy jihatlardan biri bu axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, shaxsiy elektron kutubxona yaratish va xorijiy tillarni o‘rganish ekanligi ta’kidlandi. Shu orqali talabalar bilimlarini yanada boyitib borishlari va yetarli darajadagi xorijiy til bilish sertifikatiga erishish orqali qo‘shimcha stipendiya olishlari, o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirish mumkinligi haqida aytib o‘tildi. Qolaversa, bu bilan institutning xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarida ham tajriba va malaka oshirish imkoniyati ortishi haqida so‘z yuritildi.

  • Bilim – insonni kamolotga eltuvchi yagona yo‘ldir. Vaqtingizni zoye ketkazmang, kitob o‘qing, qo‘shimcha mashg‘ulotlar orqali bilimingizni yanada boyiting, salbiy illatlar ta’siga tushib qolmang, ustozlaringiz etagidan maxkam tutib kasb sirlarini qiziqish bilan o‘rganing. Mutaxassis amaliyotda toblanadi, amaliyot vaqtlarida bemorlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling, kasallik tarixini o‘rganing, ana shundagina yetuk shifokor bo‘la olasiz, – deya o‘z tavsiyalarini berdi institut rektori.

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, yosh mutaxassislarning samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, bu borada institutda ham ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.

Suhbat so‘nggida yoshlarga institut tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, ustozlar va tengdoshlarga bo‘lgan hurmatni oshirish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, Talabalar turar joyida tashkil etilgan fan, sport, kasb-hunar to‘garaklarida ishtirok etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lish borasida ham so‘z olib borildi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish ishonchli va rasmiy bo‘lmagan kanallarni kuzatishda ogoh bo‘lish, turli yolg‘on hamda aldovlarga ishonib qolmaslik muhimligi ta’kidlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!