Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot institutining 16 nafar talabalari “Qurilish otryadi” da mehnat qilmoqda.
Bugun, 12-iyul kuni institut rektori M.Madazimov ushbu yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi. Ularga qulay sharoitlar yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Institut rektori yoshlarga turli texnik vositalardan foydalanishda ogoh bo‘lishlari, ish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari muhimligi yuzasidan tavsiyalar berdi.