Har yilgi an’anaga muvofiq Institut rektori M.M.Madazimov reja asosida davolash fakulteti 2- bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, fakulteti dekanlari va fakultet mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Institut rektori dastavval talabalarga karantin talablariga qatiy rioya qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Talabalar soni oshganligi munosabati bilan o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirdi, talabalarning fikrlarni tingladi.
Bundan tashqari, Axborot-resur markaziga yangi keltirilgan elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, Istiqbolli rejalar hamda institut ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish, kiyinish, tashqi ko‘rinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini to‘risida tushunchalar berdi.
Samimiy muloqot davomida talabalardan takliflar olindi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar oldilar