Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov joriy yilning 5-13-avgust kunlari o‘tkazilayotgan “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) IV xalqaro yozgi maktabi doirasida institutda bo‘lib turgan xorijlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda qatnashchilarning bir hafta davomida amalga oshiradigan ishlari, mahorat darslari, qiziqarli tanlovlar, amaliy mashg‘ulotlar va 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy jonli amaliyot o‘tkazish bo‘yicha fikr almashildi.
Rektor turli oliygohlar talabalarini bir joyda, bir maqsadda ko‘rib turganligidan mamnunligini bildirdi. Ularning shu kabi izlanish va harakatdan to‘xtamaslik sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlariga muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Talabalar ham ushbu yozgi maktabdan eng yaxshi natijalarni kutayotganliklarini bildirdi.