Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xizmat safari bilan Hindistonda bo‘lib turibdi. Safar davomida qator uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik kelishuvlariga erishilmoqda.
Jumladan, 15-aprel kuni institut rektori Hindistonning Kerala shtatida joylashgan “Ayurverik davolash markazi”da bo‘lib, ushbu markazdagi Hindistonning noan’anaviy davolash usullari va ushbu maqsadda qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar, ularning turlari bilan tanishdi.
Shuningdek, institut rektori markaz rahbari doktor Nilam Chaurasia xonim bilan uchrashib, kelgusida soha doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi rejalar haqida kelishib oldi.