alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI XORIJLIK MUTAXASSIS BILAN HAMKORLIK MASALALARIDA UCHRASHUV O‘TKAZDI

11:42 20.09.2023

Bugun, 20-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Dehli tibbiyot markazi hamda Vimxans shifoxonasi Terapiya va endokrinologiya bo‘limi bosh shifokori Asif Siddiqiy bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Hindistonning nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan mutaxassislar va talabalar almashinuvi, ilmiy faoliyatda hamkorlik qilish masalalarida muhokamalar o‘tkazdilar. Shuningdek, institutda Hindiston xalq tabobatini o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tinglandi.

Shu bilan birga, institut rektori doktor Asif Siddiqiy va uning jamoasini joriy yilning 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Zamonaviy xirurgiyaning muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bir birlariga esdalik sovg‘alarini topshirib, konferensiya doirasida yana bir karra uchrashishga kelishib oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!