Bugun, 7-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Ozarbayjon Respublikasidagi Onkologiya markazi Koloproktologiya bo‘limi rahbari Yusif Aliyorov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar talabalar almashinuvi, teletibbiyotni rivojlantirish masalalarida fikr almashdilar va bu borada kelishuv memorandumini imzoladilar.
Memorandumga ko‘ra, Yusif Aliyorov tomonidan talabalarga qator ma’ruzalar o‘tilishi belgilab qo‘yilgan. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu hamkorlik doirasi yanada kengayishi va samarali bo‘lishiga ishonch bildirdilar.