INSTITUT REKTORI XORIJLIK MUTAXASSIS BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI XORIJLIK MUTAXASSIS BILAN UCHRASHDI

17:50 06.09.2023

Bugun, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Rossiya Federatsiyasi I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti M.Chernorutskiy nomidagi gospital terapiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor Trofimov Vasiliy Ivanovich bilan uchrashdi.

Unda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida professor bilan hamkorlik masalalarida suhbatlashildi. Shuningdek, institut talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content