alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI XORIJLIK MUTAXASSISLAR BILAN HAMKORLIK MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

15:30 03.05.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Rossiya Federatsiyasi, I.I.Mechnikov nomidagi Shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti, akademik V.G.Baranov nomidagi endokrinologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. N.Ivanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tomonidan akademik mobillik yuzasidan tashkil qilingan uchrashuvda kafedra mudiri Sh.Yusupova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bir qator hamkorlik masalalari, xususan, ilmiy ishlar, izlanishlar hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Unga ko‘ra, o‘tkaziladigan tadbirlar rejalashtirildi.

Rejaga asosan N.Ivanov tomonidan institutda  6-mayga qadar ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslari va ko‘riklar rejalashtirilgan.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!