Ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot institutida xorijlik mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 2-dekabr kuni institut rektori M.Madazimov Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universiteti Fundamental tibbiyot va biotexnologiya fakulteti professori Valeyeva Emiliya Ramziyevna hamda Ijtimoiy gigiyena mutaxassisligi bo’yicha professor Stepanava Natalya Vladimirovna bilan uchrashdi. Suhbat davomida xorijlik mutaxassislarning dars mashg‘ulotlari, ularni tashkil etish va o‘tkazish masalalarida kelishib olindi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mutaxassislar tomonidan ma’ruza, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.