INSTITUT REKTORI XORIJLIK MUTAXASSISLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI XORIJLIK MUTAXASSISLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI

20:10 29.10.2024

Bugun 29-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasining V.A.Almazov nomidagi milliy tibbiy-ilmiy tadqiqot markazining 2 nafar mutaxassislari: Nikolayeva Aleksandra Ernstovna, Voynov Mark Sergeyevich tashrif buyurdi.

Ular bilan institut rektori M.Madazimov va institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori F.Rasulov uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorliklarni yanada mustahkamlash, malaka oshirish va mahorat darslarini o‘tkazish borasida fikr almashdi.

Ushbu mutaxassislar 1 oy davomida institutning 1-Fakultativ jarroxlik, Nevrologiya va Radiologiya kafedralarida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslari o’tishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur rejaga asosan eng dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida sohaga oid adabiyotlar talabalarga bilim ulashish maqsadida taqdim etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!