Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI YANGI O‘QUV BINOSIDA: YANGI SHAROITLAR VA KAYFIYATLAR

12:12 04.10.2024

Bugun, 4-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning 2000 o‘rinli o‘quv binosida bo‘lib, jarayonlar bilan tanishdi.

Rektor dastavval Simulyatsion markaz mas’ullari bilan uchrashib, markazga keltirilgan asbob-uskunalar, mulyajlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, har bir  o‘quv jarayonlarini mazkur jihozlardan foydalangan holda amaliyotga bog‘lash, bu borada talabalarning ham faolliklarini oshirish borasida takliflarini bildirdi.

Shundan so‘ng barcha o‘quv xonalarning sharoitlari ham o‘rganilib, o‘quv jihozlari, elektron doskalarning ishlash holati, xonalarda tibbiy ta’lim muhitini yaratadigan dizaynlarni ishlab chiqishni yanada takomillshtirish borasida ham tushuntirish olib borildi.

Institut rektori talabalar bilan ham uchrashib, zamonaviy o‘quv binosidagi kayfiyat bilan o‘rtoqlashdi. Ularga bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda bor kuch-g‘ayratni ilmga safarbar etish, malakali mutaxassis bo‘lish uchun intilib, ustozlardan bilim olish, natijada yuqori marralarni egallashlari borasida ham ta’kidladi. Shuningdek, talabalarga institutdagi tartib qoidalar, kiyinish odobi, darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, ustoz-shogirt an’anasini yanada mustahkamlash, salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik borasida ham ma’lumotlar berildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!