alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORIGA BIRIKTIRILGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

17:03 01.05.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etilgan edi. Ushbu farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori M.Madazimov Marhamat tumani “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni institutga taklif qildi.

Yoshlar bilan suhbat davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Jumladan, Q.Anorboyevni gaz balonga ehtiyoji bo‘lganligi bois tuman gaz bo‘limi mas’ullari bilan bog‘lanilib, kerakli yordam ko‘rsatishga kelishib olindi.

F.Imomadiyevga internet tarmog’iga ulanishi uchun soha mutaxassislari bilan bog‘lanildi. Yoshlarning muammolarini ijobiy tarzda hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, xorijda mehnat qilayotgan yoshlarning faoliyati ham doimiy tarzda o’rganilmoqda.

Uchrashuv davomida kelgusida yoshlarni qiziqish va takliflari asosida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!