Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovga Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi “qizil” toifaga kiritilgan 50 nafar yoshlar biriktirilgan. Ulardan 39 nafari o‘g‘il, 11 nafari qizlarni tashkil qiladi.
Yil boshidan buyon rektor tomonidan doimiy tarzda yoshlarning muammo va kamchiliklari o‘rganilib, ijobiy tarzda o‘z vaqtida barataraf etilib kelinmoqda.
Bugun, 16-dekabr kuni ham rektor M.Madazimov biriktirilgan har bir yoshning xonadonida boʻlib, ular bilan yana bir bor suhbatlashdi. Unda yoshlarning yashash va turmush sharoitlari, muammolari hamda kamchiliklarini o‘rganish bilan bir qatorda mamlakatimizda Davlat rahbari boshchiligida yoshlar bilan ishlash masalasiga juda katta eʼtibor qaratilayotganligi, yoshlarning bugungi harakati va mehnati vatanning ertangi kunini belgilashi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, institut rektori yoshlarning kelajakda o‘z o‘rnini topishida, jamiyatga foydasi tegadigan, davlatimiz rivoji uchun hissa qo‘shadigan yosh bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi. Yoshlarga birinchi ehtiyojdagi mahsulotlar yetkazildi.
Yoshi ulug‘lar esa yurtimiz tinchligi va faronligi abadiy bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.