Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xizmat safari bilan Hindistonda bo‘lib turibdi. Safar davomida qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 14-aprel kuni Ayurveda (Hindiston xalq tabobati) vazirligining masʼul xodimlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Institut rektori Ayurveda vaziri yordamchisi Rohit Sharma bilan elchixonada hamda alohida yakka tartibda uchrashib, qator masalalarni muhokama qildi.
Unda asosiy institutimiz bilan xalq tabobati yo‘nalishida qo‘shma loyihalar olib borish, qo‘shma ta’lim dasturlari, O‘zbekistondagi dorivor o‘simliklarni birgalikda o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Rektorimiz tomonidan Rohit Sharmaga O‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi uchun Tashakkurnoma topshirildi.
Xozirgi kunda O‘zbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Hindistonning Ayurveda vazirligi bilan keng munosabatlar yo‘lga qo‘ygan.