alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORINING YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

20:55 20.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi “qizil” toifadagi 72 nafar yoshlar bilan doimiy uchrashib, individual ish olib borilmoqda.

Joriy yilning 20-may kuni ham Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov tuman xalq ta’limiga qarashli 22-IDUMda tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bosh vrachi, mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisi ishtirokida “qizil” toifaga kiritilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan 34 nafar fuqarolarning muammolari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Salomatligi bilan bog‘liq muammosi mavjud fuqarolarning to‘liq tibbiy tekshiruv hamda  davolash uchun institutning malakali professor va  mutaxassislarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, uchrashuvda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Yoshlarni ilm-fan bilan shug‘ullanishlari natijasida yuqori salohiyatli kadrlar bo‘lib yetishishlarida ota-onalar ham turtki bo‘lishlari muhimligi aytib o‘tildi.

Joriy yilning 25-may kuni institutning malakali professor mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi belgilandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!