Аndijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyi yopiq sport inshootida “Biz yoshlar – sogʼlom turmush tarafdorimiz” shiori ostida Аndijon shahar ochiq chempionati boʼlib oʼtmoqda. 12 iyundan 16 iyunga qadar oʼtkazilayotgan ochiq chempionatda sportning ushu turi boʼyicha sanda va taulo yoʼnalishi boʼyicha baxslar olib borilmoqda.
Unda 4 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan qizlar va yigitlar musobaqada ishtirok etmoqda. Mazkur baxslarda Аndijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan 9 ta mahallalarda joylashgan umumtaʼlim maktablarining oʼquvchilari ham kuchlarini sinovdan oʼtkazmoqdalar. Tanlovda ishtirok etayotgan mahalla o’quvchilariga institut sport zalida sport mashg’ulotlarini A. To’ychiyev handa B. Halilovolib boradilar.Mahallamizyoshlariga omad tilaymiz!