alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT TALABALARI UCHUN FILMLAR NAMOYISH QILINDI

17:11 21.09.2023

San’at – insonlarga go‘zallik va yaxshi kayfiyat ulashadi. Ular orasida kino san’ati esa kishilarning ibratli va mashaqqatli hayotini o‘zida aks ettirib, ayrim insonlarga ko‘zgu bo‘lsa, ayrimlarga esa shukronalik xissini paydo qiladi.

 

Shu boisdan bugun, 21-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Davolash, Pediatriya, Stomatologiya va Farmatsiya fakultetlari talabalariga “Iqror manzili” va “Tinchlik qadri” filmlari namoyish etildi.

Yakunda, talabalar film haqidagi taassurotlarini tengdoshlari bilan bo‘lishdilar. Ular yurtimizdagi olib borilayotgan islohotlarni qadriga yetish va shukronalar keltirish, tinchlik degan bebaho neʼmatni asrab-avaylashlari kerak ekanligini anglab yetganliklarini aytib o‘tdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!