Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial demoktarik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ham faol ishtirok etdilar.
Andijon viloyat qon quyish markazida bo‘lib o‘tgan aksiyada 30 nafardan ziyod institutimiz jamoasi va talabalar qatnashdlar. Ular mazkur aksiyada qatnashib, qon topshirish orqali ko‘plab bolajonlarga dardlarini yengillatishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Qon bu – hayot, inson tirikligining asosi. Uning qiymatini hech bir narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Bugungi aksiya ishtirokchilari bemor bolalarning ana shu bebaho boyliklarini asrab qolishlariga yordam berdilar.