INSTITUT VAKILLARI DONORLIK AKSIYASIDA QATNASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT VAKILLARI DONORLIK AKSIYASIDA QATNASHDI

15:58 17.07.2024

“Donor” so‘zi lotinchadan tarjima qilganda “tuhfa qilmoq” degan ma’noni anglatadi. Chunki, donor o‘z qonini berish orqali boshqa bir insonning hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.

Bugun, 17-iyul kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari va mas’ullar donorlik aksiyasida ishtirok etdi.

Dastlab, mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 423-sonli buyrug‘iga asosan donorlikka qabul qilish tartibi: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan,vazni 60 kg.dan yuqori bo‘lgan, avval gepatit burusellyoz bilan og‘rimagan fuqarolar ishtirok etishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

Andijon viloyat qon quyish markazida bo‘lib o‘tgan aksiyada  50 nafardan ziyod institutimiz jamoasi va talabalar qatnashdilar. Ular mazkur aksiyada qatnashib, qon topshirish orqali ko‘plab bolajonlarga dardlarini yengillatishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!