Institut rektorining 2019- yil 6- fevraldagi Andijon davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha jadvaliga binoan, joriy yil 11- fevral kuni VMO va qayta tayyorlash, davolash va pediatriya fakultetlariga qarashli kafedralarning professor-o‘qituvchilari reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasining sport zaliga tashrif buyurdilar.
Shu kuni ular sportning shaxmat- shashka, stol tennisi va basketbol turlari bilan shug‘ullanishib, o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazdilar.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlardagi faolligi kundan kunga oshib bormoqda.Ular jismoniy mashqlarni zo‘r ishtiyoq bilan bajarmoqdalar.