alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT XODIMLARI VA TALABALARINI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISH BOSHLANDI

20:49 16.05.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom va ushbu Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi  buyrugʻiga asosan institut talabalari va professor-oʻqituvchilarining salomatligi tekshirildi. Bugun 700 nafardan ortiq davolash fakultetining 1-kurs talabalari  koʻrikdan oʻtkazildi.

 

Mazkur tadbirda 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat 28 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.   Koʻruvlar davomida  talabalarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda koʻrsatmalarga asosan 53 ta UTT va 64 ta EKG tekshiruvlari olib borildi.