Ayol oiladan baxt topadi. Hayot sinovlarida toblanib, boriga shukur qilib yashash chinakam o‘zbek ayolining bir fazilati sanaladi. Institut xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan kengash a’zolari hamda talaba va klinik ordinator qizlar “Gumbaz” MFYda bo‘ldilar.
Ular “Temir daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan, nogiron farzand tarbiyalayotgan ayollar holidan xabar oldilar. Ayollarga uy-ro‘zg‘or buyumlari, bolajonlarga esa kitoblar va o‘quv qurollari ulashildi. Quvonarlisi, xonadonlarda bo‘lgan talaba-qizlar o‘z tashabbuslari bilan ayollarning uy yumushlariga ko‘maklashdilar. Mana talaba-qizlarimizning odobi, mehr-muhabbati, insoniy fazilatlarining namoyishi.
Aslida tashkillangan tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham mahalla ayollarining holidan xabar olish bilan birga talaba-qizlarning qalbida hayotga shukronalik, oilaga sadoqat, sabr-matonat tuyg‘ularini shakllantirish bo‘ldi.