O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va inovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida institut yoshlar Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Qo‘chqorov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va faol talabalar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida mazkur Qarorda keltirilgan 10 ta band haqida yig‘ilganlarga maʼlum qilindi va institut boshlang‘ich tashkilotida amalga oshirilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida aytib o‘tildi.
Institut yoshlar Kengashi aʼzolari quyidagi lavozimlarga tayinlandi:
– Intellektual loyihalar koordinatori;
– Besh tashabbus loyihalari koordinatori;
– Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori;
– Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;
– “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturi kooridinatori;
– Talaba-qizlar koordinatori.