Bugun, 10-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindistonning “ACN group of Institutions” kompaniyasi rahbari Dr.M.S.Khan, Aligarh Ayurvedic Medical Institute rahbari va professorlari tashrif buyurdi.
Ular bilan institut rektori M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov uchrashib, hamkorlik masalalarida suhbatlashdi.
Uchrashuvda Ayurveda (Hindiston xalq tabobati) sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur soha bo‘yicha institutning Xalq tabobati yo‘nalishi talabalariga mahorat darslari o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga Andijonda Ayurvedik sog‘lomlashtirish markazi tashkil etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Mazkur tashrif davomida hindistonlik mutaxassislar tomonidan talabalarga mahorat darslari o‘tkazish belgilangan bo‘lib, ular yuzasidan aniq rejalar tuzib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mustahkam hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alarini almashdi.