Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg shahridan I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy tibbiyot univeristetidan bir guruh talabalar bir hafta davomida Andijon davlat tibbiyot institutining klinik bazalarida mobillik doirasida amaliyot o‘tadi.
Amaliyotlar yakunida faol ishtiroki uchun talabalar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Maxsus sertifikatlarni Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov topshirdi.
Shuningdek, yakunda amaliyot jarayonlari tahlil qilindi, fikrlar almashildi.