Skip to content INSTITUTDA «BOʻSH ISH OʻRINLARI» MEHNAT YARMARKASI OʻTKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA «BOʻSH ISH OʻRINLARI» MEHNAT YARMARKASI OʻTKAZILDI

14:29 12.05.2025

Bugun, 12-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon viloyati “O’zmilliy bank” AJ boshqarmasi hamda Andijon shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish markazi hamkorligida “Kelajakka qadam – shijoatli yoshlar uchun katta imkoniyatlar” mavzusida Karyera kuni, Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institut prorektorlari, fakultetlar dekanlari, Karyera markazi boʻlimi xodimlari va institutning professor-oʻqituvchilari hamda institutning talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda barcha  talabalarni tadbirda faol ishtirok etishga hamda oʻzlariga mos ish oʻrinlariga ega boʻlgan holda sohani mukammal egallashga intilishlari muhimligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Andijon shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi bosh mutaxassisi Dilrabo Usmonova bugungi kunda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ular haqida oson ma’lumotga ega bo‘lish haqida ma’lumot berdi.

Mehnat yarmarkasida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin tashkilot, korxona va muassasalar oʻzlaridagi mavjud 300 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. unda institutning 20 nafar talabasi korxona va tashkilotlar bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda institutning 1 200 nafardan ziyod bitiruvchisi ish bilan ta’minlangan.

adti.uz
Would like to send you notifications